“Dolzarb 90 kun” doirasida Uychida xalqaro politexnikum faoliyati o‘rganildi
2025-06-28 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari
27-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov va viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahad Gafforov Uychi tumanidagi 1-son xalqaro politexnikumda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga oid topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, politexnikumda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim binolarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, shuningdek tajriba tariqasida joriy etilayotgan xalqaro taʼlim dasturlarini amaliyotga tatbiq etish jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif yakunida mas’ul rahbarlarga aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



