TDYUning xalqaro reytingda 100 pog‘ona yuqorilagani e’tirof etildi
2025-06-26 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Ma’lumki, Buyuk Britaniyaning eng nufuzli reyting tashkilotlaridan biri – “Times Higher Education” tomonidan e’lon qilingan ushbu reytingda dunyoning 2500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu reytingda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichiga nisbatan 100 pog‘onaga yuqorilab, 301-o‘rinni egalladi va TOP-400 talikdan joy oldi. Bu yutuq universitet jamoasining xalqaro miqyosdagi e’tirofga sazovor mehnati samarasi sifatida e’tirof etildi.
Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, universitet rektori Islombek Rustambekov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar universitet jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusida ham bu kabi xalqaro e’tiroflar barqaror davom etishiga tilaklar bildirishdi. Shuningdek, bu muvaffaqiyat yurtimiz oliy ta’lim tizimi taraqqiyoti, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, TDYU quyidagi Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egalladi:
SDG 4 – Sifatli ta’lim: 301–400-o‘rin;
SDG 5 – Gender tengligi: 51-o‘rin;
SDG 8 – Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish: 101–200-o‘rin;
SDG 16 – Tinchlik, adolat va kuchli institutlar: 201–300-o‘rin;
SDG 17 – Maqsadlar yo‘lida hamkorlik: 201–300-o‘rin.









