Demonstratsion imtihon: kasbiy taʼlimda samara va natija mezoni
2025-06-24 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik va viloyatlar boshqarmalari rahbarlari, kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shunga qoʻshimcha, ommaviy axborot vositalari uchun press-tur ham tashkil etildi.
Seminar doirasida beshta manzilda “Non mahsulotlari”, “Sartaroshlik”, “Tikuvchilik”, “Qurilish”, “Santexnika” kabi kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻtkazildi. Bu jarayonlar bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini real sharoitda namoyon etishga xizmat qildi.
Demonstratsion imtihonlar 16-iyundan 31-iyungacha davom etadi. Ular orqali 2000 nafarga yaqin bitiruvchi ish oʻrinlari bilan taʼminlandi. Jami 18 473 nafar oʻquvchi 3139 ta korxona va tashkilotlarga manzilli biriktirilib, ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.
Ushbu seminar kasbiy taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashda yangi amaliy tajribalarni joriy etishga xizmat qildi.









