Toshkent davlat texnika universiteti “QS” xalqaro reytingidan munosib joy olgani tantanali nishonlandi
2025-06-23 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda nufuzli mehmonlar, fan va jamoat arboblari, turli vazirlik va idoralar mas’ullari, universitet jamoasi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tantanali tabdirni Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Maxamatdinovich qutlov so‘zi bilan ochib berib, jamoani yangi yuqori natija bilan tabrikladilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Daliyev Shaxrux Xojakbarovich, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati To‘xtamurodov Behzod Toir o'g'li, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ, O'zbekiston Texnika jihatdan tartibga solish agentligi, Issiqlik elektr stansiyalari AJning vakillari hamda universitet professor-o’qituvchilari texnika fanlari doktori, akademik Yusufbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, akademik Allayev Qahramon Raximovich, texnika fanlari doktori, akademik Ne'matov Soyibjon Sodiqovichlar so‘zga chiqib, qutlovlarini yetkazishdi.
2025 yilning 19-iyun kuni ta’lim tizimidagi nufuzli tahliliy agentlik QS World University Rankings 2026-yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, TDTU dunyo miqyosida 901-950 o‘rinlar qatoridan joy oldi.









