Prezident topshiriqlari: Har bir xodim o‘z faoliyatida natijadorlikka intilishi zarur
2025-06-21 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshqarib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari, boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish va fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan samarali islohotlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tamoyillarni ishtirokchilarga atroflicha tushuntirib berdi.
Xususan, hududlarda tizimli o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, rahbarlar faoliyatini aniq natijalar asosida baholash, aholining og‘riqli muammolariga befarq bo‘lmaslik, eng asosiysi – har bir mas’ul xodim o‘z ishiga yuqori darajada mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi qat’iy ta’kidlandi.
Shuningdek, har bir xodim o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, belgilangan topshiriqlar asosida aniq va amaliy choralar ishlab chiqishi, davlat rahbarining ishonchini oqlash yo‘lida fidoyilik va jonbozlik bilan ishlashi lozimligi alohida qayd etildi.
Mazkur yig‘ilish natijasida vazirlik tizimida islohotlarning samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli ijro etilishini ta’minlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.






