Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda
2025-06-16 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur o‘quv kursi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilmoqda. Unda tajribali mutaxassislar ishtirokida prorektorlarning yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashish, ularni vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalari yanada mustahkamlanmoqda.
O‘quv jarayoni davomida respublika bo‘ylab keng miqyosda amalga oshirilayotgan “Dolzarb – 90 kun” loyihasini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur tashabbus orqali oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada tizimli, samarali va zamonaviy yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.






