VET4UZ loyihasining 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi
2025-06-12 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari va hamkorlik bo‘limi rahbari Andrin Fink, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, shuningdek, vazirlik va loyiha guruhi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda VET4UZ loyihasining birinchi bosqichida erishilgan natijalar, jumladan:
🟢kasbiy taʼlim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish,
🟢kasbiy malakalarni takomillashtirish,
🟢o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqish,
🟢loyiha faoliyatini baholash bo‘yicha ekspert tahlillari taqdim etildi.
Yigʻilish yakunida tomonlar kasbiy ta’lim tizimini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash, muntazam muloqotni davom ettirish va loyihaning keyingi bosqichida samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.






