Shahar agrar sektori: Oʻzbekiston delegatsiyasining Chendudagi taassurotlari
2025-06-11 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Institut shahar muhitida barqaror va yuqori texnologik qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga ixtisoslashgan boʻlib, intellektual bogʻdorchilik, agrobototexnika (yaʼni qishloq xo‘jaligida robototexnika vositalaridan foydalanish), qoʻziqorin yetishtirish, vertikal dehqonchilik hamda bioenergetika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Tashrif doirasida delegatsiya institut tasarrufidagi Chendu Milliy qishloq xoʻjaligi fan va texnologiyalari markazi hamda Vertikal dehqonchilik sanoati uchun namoyish bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bu yerda shahar qishloq xoʻjaligiga mos mahsulotlar yetishtirish, uch oʻlchamli va tuproqsiz yetishtirish texnologiyalari, sunʼiy intellekt asosida ishlovchi bogʻdorchilik tizimlari namoyish etildi. Tashrif davomida mehmonlar zamonaviy fermalarning ishlash jarayoni va innovatsion yondashuvlar bilan amaliy tanishish imkoniga ega boʻldilar.









