Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
2025-06-04 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab, O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti rasman ochib berilib, bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ta’lim hamda transport sohalarida yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat ekani qayd etildi.
Mazkur tashabbus ikki mamlakat yoshlari uchun zamonaviy bilim va tajriba almashinuvini ta’minlash barobarida, kelajakdagi yirik loyihalar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
So‘ng tomonlar Toshkent davlat transport universiteti va Changan universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzoladilar. Ushbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.









