Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qayta tashkil etildi. Unga Toshkent moliya hamda Fiskal institutlari qo‘shildi
2024-02-09 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Qaror bilan Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
🔸iqtisodiyot tarmoqlari uchun ilg‘or innovatsion ishlanmalar yaratish, talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
🔹 “ta’lim – fan – innovatsiya –raqamlashtirish” ekotizimi va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yo‘lga qo‘yish;
🔸soha yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;
🔹jahon ta’lim va ilmiy makonida Universitetning nufuzini oshirish, yetakchi xorijiy universitetlar bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yo‘lga qo‘yish.
📌Universitetda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖ta’lim jarayoni davlat tili, ingliz va boshqa xorijiy tillarda olib boriladi;
➖bakalavriat va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etiladi;
➖ta’lim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy OTMlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi;
➖ta’lim jarayoniga yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda tegishli sohalarda kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi;
➖iqtisodiyot, moliya va soliq sohasi xodimlarining malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
✔️Universitet huzurida Transformatsiya markazi tashkil etiladi.
