O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2025-05-30 15:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion loyiha va ilmiy almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Toshkent va Boku shaharlarida o‘tkazilgan ikki tomonlama ta’lim ko‘rgazmalari hamkorlik uchun muhim maydon bo‘layotganini qayd etdilar.
Uchrashuvda kasbiy va oliy ta’lim yo‘nalishida qo‘shma dasturlarni joriy etish, neft-gaz, energetika, sanoat sohalarida innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalari va yosh ixtirochilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, diplomlarni o‘zaro tan olishga doir bitim loyihasini tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.
Muloqot yakunida tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston OTMlarida 51 nafar ozarbayjonlik, Ozarbayjonda esa 31 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.