Toshkentda “Ozarbayjonda ta’lim” xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
2025-05-30 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev ochib berdi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – Ozarbayjonda oliy ta’lim olish imkoniyatlarini keng jamoatchilikka tanishtirish, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalar almashinuviga oid yangi loyihalarni ilgari surishdan iborat.
Tadbir davomida O‘zbekistonning 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi vakillari va talabalari ishtirok etib, Ozarbayjon universitetlarining qabul shartlari, grant dasturlari, xalqaro loyihalar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishmoqda.
Shuningdek, kelgusidagi rejalarga oid muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama uchrashuvlar, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar amalga oshirilmoqda.









