SPHERE loyihasi bo‘yicha navbatdagi hisobot uchrashuvi Sloveniya Respublikasida o‘tkazilmoqda
2025-05-29 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Ayni kunlarda Sloveniyaning Maribor shahridagi Maribor universitetida ERASMUS+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (CBHE) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan SPHERE loyihasining navbatdagi xalqaro hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda loyiha ishtirokchilari sifatida O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalari – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali vakillari ham ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida ishtirokchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etilib, SPHERE loyihasining keyingi bosqichlari, hamkorlik doirasidagi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha rejalar muhokama qilinmoqda.



