Raqamli ta’lim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qo‘yiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi
2024-02-08 19:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Shundan kelib chiqqan holda, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Raqamli ta’lim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qo‘yiladigan umumiy talablar” ishlab chiqildi.
Mazkur talablar quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanilishi tavsiya etiladi:
🔹innovatsion ta’lim resurslaridan foydalanishni tartibga solish;
🔸ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
🔹ta’lim sifati va samaradorligini oshirish;
🔸mustaqil ta’limni va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash;
🔹ta’limda virtual muhitni yaratish, o‘rganishning o‘ziga xos va xavfsiz usullaridan foydalanishni joriy etish;
🔸xalqaro tajribalarda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish.
