Ikkinchi kun: Bitiruvchilarning innovatsion g‘oyalari e’tiborda
2025-05-22 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi asosida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining istiqbolli biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari taqdim etildi.
Shuningdek, “Aloqabank” tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishga oid tashabbuslar namoyish qilindi. Ko‘rgazma mehmonlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bir qator startap loyihalari taqdimotlari bilan tanishishdi.
Ko‘rgazmaning eng qiziqarli qismlaridan biri sifatida, “Bitiruvchi talabalar uchun interaktiv dasturlar” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar o‘z biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etdi, shuningdek, “Biznes-reja” tuzish bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari tashkil etildi.








