Vazir Pekin texnologiya universitetida: yuqori malakali muhandislarni tayyorlash boʻyicha yangi tashabbuslar ilgari surildi
2025-05-17 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Universitet prezidenti, akademik Szyan Lan bilan boʻlgan uchrashuv davomida Q.Sharipov universitetning ilmiy-texnologik sohadagi yutuqlarini yuksak baholar ekan, Oʼzbekistonda taʼlim, fan va texnologiya yoʼnalishlarini qamrab olgan taʼlim klasterini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Ushbu klasterda axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, kiberxavfsizlik, mashinasozlik, robototexnika va yashil energetika sohalariga alohida eʼtibor qaratilishi rejalashtirilmoqda.
Tashrif doirasida oʻzbek delegatsiyasi Milliy elektromobillarni tadqiq qilish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.
Aytish joizki, Pekin texnologiya universitetida bugunga qadar 90 nafar oʻzbekistonlik talabalar taʼlim olgan boʻlib, hozirda ulardan 8 nafari tahsilni davom ettirmoqda.






