O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2025-05-06 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro investitsiya, savdo-sotiq, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Yig‘ilish doirasia vazir o‘rinbosari Slovakiya Respublikasi Oliy taʼlim, fan, rivojlanish va yoshlar masalalari vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot davomida muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kasbiy ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimini joriy etish, mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish kabi muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bildirildi.



