"Muhandislik oyligi"ning uchquni minglab yuraklarga yetib bordi
2025-04-30 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bir oy davomida 25 ta texnik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarida 120 dan ortiq tanlov va tadbirlar oʻtkazilib, butun muhandislik jamoatchilig jipslashdi. Robototexnika, dronlar, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va yana 15 dan ziyod sohani qamrab olgan “Oliygoh kubogi” doirasidagi bellashuvlar yoshlar salohiyatini yanada ochib berdi.
Oliy taʼlim muassasasida oʻtkazilgan "Oliygoh kubogi" musobaqalarida gʻoliblar jami 100 million soʻmlik sovrinlar bilan taqdirlandilar. Bu moddiy ragʻbat har bir yosh muhandisga oʻziga ishonch taqdim etdi.
Eng muhimi, “Muhandislik oyligi” 100 mingga yaqin yoshni qamrab oldi. Bu raqam ortida yuz mingta ilhomlangan, ruhlangan, oʻziga va oʻz salohiyatiga ishongan yosh muhandis bor.
Bugun “Muhandislik oyligi”ning soʻnggi kunini emas, balki butun boshli harakatning boshlanishini nishonlayapmiz! Hali hammasi oldinda!
Kelajakni qurish — muhandislar zimmasida. Ularning har bir yutugʻi — butun millatning gʻalabasidir. Shunday ekan, oʻqing, oʻrganing, yarating – kelajagingiz muhandisiga aylaning!
