Oʻzbekiston va Italiya universitetlari oʻrtasida qator muhim kelishuvlarga erishildi
2025-04-25 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik hujjatlari imzolandi:
– Toshkent shahridagi Geologiya fanlari universiteti va Piza universiteti oʻrtasida magistratura taʼlim yoʻnalishlarini kengaytirishga qaratilgan kelishuv;
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Venetsiyadagi Kaʼ Foskari universiteti oʻrtasida ikki diplomli taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga oid hamkorlik shartnomasi;
– Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Piza universiteti oʻrtasida qoʻshma tibbiyot fakultetini tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuv;
– Sharaf Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Trento universiteti oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishlarida doktorantura taʼlimi boʻyicha talabalar yuborish boʻyicha shartnoma;
– Samarqand davlat universiteti va Venetsiya Kaʼ Foskari universiteti oʻrtasida bio va nanotexnologiyalar sohasida ikki diplomli magistratura dasturini joriy etish boʻyicha kelishuv;
– Toshkent davlat yuridik universiteti va Roma Tre universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom dasturlari asosida huquqshunos kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik shartnomasi.
Bu shartnomalar oliygohlar oʻrtasida kimyo, tibbiyot, ekologiya, bio va nanotexnologiya, huquq, geologiya kabi muhim va istiqbolli yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikda erishilayotgan katta va amaliy natijadir.
Mazkur tashabbuslar Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro ishonchli va mustahkam munosabatlarning amaliy ifodasi boʻlib, ikki mamlakat yoshlarining zamonaviy bilim va malaka bilan taʼminlanishiga xizmat qiladi.






