Yoshlarga eʼtibor – kelajak sari ishonchli qadam
2025-04-23 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur uchrashuvda yoshlarning muammolari yuzasidan batafsil suhbat olib borilib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Yoshlarning qobiliyat va salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasb-hunar hamda talab yuqori boʻlgan chet tillariga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda qoʻllab-quvvatlash muhim yoʻnalish sifatida qayd etildi.
Shu bilan birga, yoshlarni mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan taʼminlash, ularni hayotda munosib oʻrin egallashga yoʻnaltirish, huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish orqali barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish maqsad qilindi.
Uchrashuv davomida har bir yosh bilan yurakdan suhbatlashildi, ularning fikr-mulohazalari, orzu-intilishlari diqqat bilan tinglandi. Uchrashuv yakunida ushbu toifadagi yoshlar bilan tizimli ish olib borish, ularning bandligini taʼminlash, salohiyatini yuzaga chiqarish va hayotda munosib oʻrin egallashlariga koʻmaklashish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.







