Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi
2025-04-22 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy Majlis Senati a’zolari, biznes va korporativ sektor vakillari, HR-menejerlar, tahlilchilar hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etdi.
Panel munozaralari, amaliy mashg‘ulotlar va tematik treklar asnosida o'tgan konferensiya davomida kambag‘allikka qarshi kurashish, bandlikni oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma yechimlar muhokama qilindi. Xususan, yoshlarning mehnat bozoriga integratsiyasi, mintaqaviy taraqqiyot, korporativ mas’uliyat va ta’lim tashabbuslari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda 2030-yilgacha aniq maqsad va rejalarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.






