“Muhandislik oyligi” doirasida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi
2025-04-18 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari
17-aprel kuni “Muhandislik oyligi” doirasida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti tomonidan «INNO» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion muhandislik yechimlari: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Anjumanni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdilar. Ilmiy-amaliy anjumanda mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya davlatidan 100 dan ortiq nufuzli olim va mutaxassislari ishtirok etdilar.
Unda zamonaviy muhandislik yechimlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarning amalga oshirilishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi, shoʻbalar kesimida seminar-treninglar ham tashkil etildi.









