“Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” sport festivali bo‘lib o‘tdi
2025-04-08 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sport vazirligi rahbariyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.
Ochilish marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari va yoshlarning faolligi alohida ahamiyatga ega ekanini, ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqi esa keng jamoatchilik uchun ibrat bo‘lishini ta’kidladi.
Festival doirasida turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar, madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda parad namoyishlari tashkil etildi. Bu tadbir ishtirokchilarga haqiqiy bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Sport bayrami davomida sheyping, bolalar o‘rtasida estafetali yugurish, oilaviy estafeta, talabalar va akademiya xodimlari o‘rtasida alohida estafetali yugurish, stol tennisi, arqon tortish va boshqa qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirni yana-da fayzli qilgan jihatlardan biri – xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar, sport yulduzlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalari tomonidan taqdim etilgan badiiy chiqishlar bo‘ldi.
Festival yakunida eng faol va g‘olib ishtirokchilar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari, sertifikatlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.









