Dasturiy budjetlashtirish tizimini samarali joriy etish bo‘yicha seminar tashkil etildi
2025-04-04 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi. Unda 2026–2028-yillar uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi budjet dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Seminarning asosiy maqsadi — vazirlik va idoralar mutaxassislarining dasturiy budjetlashtirish bo‘yicha institutsional salohiyatini oshirish, budjet mablag‘larining samarali taqsimlanishini ta’minlash, ularning monitoringini yuritish va natijadorligini baholashda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etilib, amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Ular tomonidan kelgusi yillardagi ustuvor rejalar va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va samarali fikr almashinuviga zamin yaratdi.









