Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish tashkil etildi
2025-04-07 10:20:00 / Vazirlik yangiliklari
“Vazirlikda ish yuritish va ichki hujjatlar bilan ishlash yoʻriqnomasi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish” mavzusida tashkil erilgan anjuman Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raisligida o'tdi.

Mazkur onlayn-oflayn seminar-treningda ish yuritish va ichki hujjatlarni ishlab chiqishdagi kamchiliklar hamda yoʻriqnomada belgilangan tartib, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish, rasmiylashtirish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishib Hukumatga kiritish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tinglovchilar Prezident va Hukumat farmon- qarorlari, ichki buyruqlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, ularni saqlash va arxivlashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.









