Asosiy kontentga o'tish

“Talaba — yugur” bahorgi sport musobaqasiga Jizzaxda tantanali start berildi!

2025-04-04 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 4-aprel kuni Jizzax viloyatida “Talaba — yugur” nomli koʻngillilar yugurish sport musobaqasining bahorgi mavsumi rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqa talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni muntazam ravishda jismoniy faollikka jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda

Musobaqada viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalarining talabalari, professor-oʻqituvchilari, umumta’lim maktablari oʻquvchilari hamda koʻplab sport ishqibozlari — koʻngillilar faol ishtirok etdilar.

 Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi, ishtirokchilar orasida sportga boʻlgan qiziqish, sogʻlom hayotga intilish va doʻstona raqobat muhitini his etish mumkin edi.

 Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu esa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

 “Talaba — yugur” musobaqasi yoshlarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni hayotining ajralmas qismiga aylantirish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi.

Musobaqa 5-aprel kuni Sirdaryo viloyatida davom etadi.

125

Oxirgi yangilanish: 2025-04-04 21:11:55

“Talaba — yugur” bahorgi sport musobaqasiga Jizzaxda tantanali start berildi!