Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2025-04-02 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Delegatsiyaning navbatdagi tashrifi Andijon shahrida joylashgan Yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishishga bag'ishlandi. Texnoparkda amalga oshirilayotgan startap loyihalar, innovatsion ishlanmalar va yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar diqqat bilan o'rganildi.

Shuningdek, Asaka tumanida joylashgan Asaka transport va mashinasozlik texnikumida bo'lib, bu yerda dual ta'lim tizimi, qisqa kurslar va o'quv jarayoni o'rganildi. Texnikum bitiruvchilarining ish bilan ta'minlanish darajasi, ularning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyatlari haqida mutasaddilarning fikrlari tinglandi.
Tashrif yakunida, Paxtabad tumanida joylashgan 1-son va 2-son politekniumlar faoliyati o'rganildi. Bu yerda o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o'quv dasturlari va texnik jihozlar bilan tanishildi. Kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi va kelgusi davrda ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.