Asosiy kontentga o'tish

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi

2025-04-02 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudaykulov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif doirasida, avvalo, Andijon davlat tibbiyot institutining yangi binosiga tashrif buyurildi. Institutning zamonaviy laboratoriyalari, oʻquv xonalari va amaliyot oʻtash uchun maxsus jihozlangan xonalariga alohida eʼtibor qaratildi. Institutdagi talabalarning bilim olish sharoitlari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar va laboratoriyalar koʻzdan kechirildi. Talabalarning oʻquv jarayoni va amaliyot oʻtashlariga oid masalalar muhokama qilinib, mutasaddilarga aniq tavsiyalar berildi.

Shuningdek, doktorantura va ilmiy loyihalar,  ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi. Tashrif davomida, doktorantura dasturlarini takomillashtirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. Yosh olimlar va talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ular orasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari alohida muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning moliyaviy ta'minoti va uning samaradorligini oshirish, ilmiy loyihalar doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

133

Oxirgi yangilanish: 2025-04-02 10:51:11

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi