Asosiy kontentga o'tish

Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

2025-03-28 17:15:00 / Vazirlik yangiliklari

28-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Seminar-trening shaklida o‘tkazilgan anjumanda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi vakillari  ishtirok etdi. 

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhammedov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova nutq so‘zladi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tadbir qatnashchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, davlat dasturida belgilangan – kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 35 foizga, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini 44 foizga yetkazish, innovatsion faoliyat natijasida yangi ish o‘rinlari sonini 16 800 taga oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yosh kitobxon” tanlovini qo‘shimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman) o‘tkazish, talabalar o‘rtasida ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan “Eko-innovatsion – 2025” ko‘rgazmasini tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Mazkur iqtisodiy o‘qish davlat dasturining strategik rolini aks ettirib, mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiyasi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

541

Oxirgi yangilanish: 2025-03-29 09:43:43

Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi