Qashqadaryoda vazir o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi
2025-03-27 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvlarda viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi, tuman xalq qabulxonasi rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari, mahalliy kengash deputatlari, mahalla faollari, aholi vakillari, tashkilotlar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Muloqot davomida aholi tomonidan yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish hamda belgilangan toifadagi oilalar farzandlarini oliy ta’limga kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslariga jalb qilish, shuningdek, elektr ta’minoti, tomorqalarga oqova suv yetkazish kabi masalalar ko‘tarildi.
Shu bilan birga mahallalarda qazilayotgan artezian suvining tarkibini aniqlash va uni aholi xonadonlariga taqsimlash bo‘yicha ilmiy yondashuv zarurligi ta’kidlandi.
Vazir o‘rinbosari ko‘tarilgan masalalarni joyiga borib o‘rgandi hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
Mahalliy mutasaddilarga aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.









