Asosiy kontentga o'tish

Fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan istiqbolli qadamlar belgilab olindi

2025-03-26 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari

26-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Gruziya Iqtisodiy va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Irakliy Nadareishvili o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda ikki mamlakat oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida innovatsion infratuzilma subyektlari — texnoparklar, biznes-inkubatorlar va akseleratorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikki tomonlama “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilab olindi:

  • O‘zbekistonda texnoparklarni boshqarish va rivojlantirishga doir Capacity Building dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, Gruziya tajribasini hisobga olgan holda;
  • Yoshlar texnoparklari xodimlari va tadbirkorlari uchun startap inkubatsiyasi va akseleratsiyasi dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini joriy etish;
  • Startap inkubatsiya va akseleratsiya markazlari mutaxassislari hamda mentorlari uchun Gruziyadagi yetakchi innovatsiya markazlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish;
  • Gruziya tajribasi asosida O‘zbekiston yoshlar texnoparklari uchun preinkubatsiya dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Yoshlar texnoparklari xodimlari uchun maxsus preinkubatsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Gruziyaning ilg‘or usullariga asoslangan holda yoshlar texnoparklari xodimlari uchun apparat texnologiyalari (hardware) inkubatsiyasi dasturini ishlab chiqish va joriy etish.

Uchrashuvdan so‘ng gruziyalik mehmonlarga vazirlik huzuridagi “Inno” ishlab chiqarish texnoparki faoliyati tanishtirildi.

Mazkur hamkorlik ikki mamlakat yoshlarining texnologik salohiyatini oshirish va innovatsion ekotizimni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, kelgusida startap muhitining rivojlanishiga xizmat qiladi.

472

Oxirgi yangilanish: 2025-03-26 22:23:04

Fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan istiqbolli qadamlar belgilab olindi