Vazir o‘rinbosari Andijonning bir qator tumanlarida ijtimoiy, infratuzilma va ta’lim sohasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi
2025-03-22 12:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab, “Tortiq” va “Erkin” mahallalarida tomorqalarga suv yetkazib berish uchun ariqlarni betonlashtirish jarayoni o‘rganilib, ishlarning holati ko‘zdan kechirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi. Intizom mahallasidagi amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Sarvarxon Buzrukxonov Andijon shahridagi 4-son politexnikumga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi faoliyat va sport zalining ta’mirlanish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu muassasada tashkil etilgan tikuvchilik va sartaroshlik faoliyati o‘rganilib, qisqa muddatli kasbiy kurslarning sifati hamda samaradorligi tahlil qilindi.
Bundan tashqari, Andijon davlat tibbiyot institutining xorijlik talabalari uchun ajratilayotgan yotoqxona binosidagi sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, qulayliklarni oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









