Vazir o‘rinbosari Andijondagi kasbiy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi
2025-02-26 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Asaka tumanidagi kasbiy ta’lim muassasalarida joriy etilgan dual ta’lim tizimi hamda qisqa muddatli kurslarning samaradorligi o‘rganilib, ushbu ta’lim shaklining yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi ahamiyati, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik darajasi va ta’lim jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlarni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.
Xizmat safari davomida Paxtabod tumanidagi 1- va 2-sonli politexnikumlarning faoliyati ham o‘rganildi. Ushbu muassasalarning ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, politexnikumlarda o‘qitilayotgan mutaxassislik yo‘nalishlari, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi va ishlab chiqarish sektori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.









