Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
2025-02-08 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Navoiy davlat universitetida o‘tkazilgan ko‘rgazma ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademiklari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jamoatchilik vakillari, universitet jamoasi va talabalar ishtirok etdi.
Galereyada universitetning san’at sohasidagi ustoz va talabalarining mehnati natijasida yaratilgan 100 dan ortiq san’at asarlari namoyish etilmoqda. Bu badiiy ekspozitsiya, Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan ezgu g‘oyalarni yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi va bir oy davom etadi.
Ko‘rgazma Alisher Navoiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va uning ijodini yanada chuqurroq o‘rganishga undash maqsadida tashkil etilgan.









