Respublika bo‘ylab dual ta’lim bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
2025-02-07 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari

3–7-fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10 ta), Buxoro (13), Jizzax (12ta), Qashqadaryo (16ta), Surxondaryo (4ta), Sirdaryo (4ta) va Xorazm (4ta) viloyatlarining 60 dan ortiq tuman va shaharlarida o‘quv seminarlar tasdiqlangan reja-grafik asosida olib borildi.
Seminarlarda tuman va shahar hokimlik vakillari, ish beruvchilar va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat 1000 ga yaqin manfaatdor tomon mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘quvlarda ish beruvchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Dual ta’lim tizimi nima uchun muhim?
Dual ta’lim tizimi yosh mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini uyg‘unlashtirishga yordam beradi hamda kadrlarni bozor talablariga mos ravishda tayyorlash imkonini yaratadi.
Dual ta’lim tizimini samarali joriy etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun barchani ushbu seminar faoliyatida ishtirok etishga chorlaymiz!
Eslatma: o‘quv seminarlar reja-grafik asosida 27-fevralga qadar davom etadi.