Oʻzbekiston va Fransiya taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi
2025-01-31 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida tomonlar oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar yoʻnalishidagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda Oʻzbek-Fransuz universiteti va Oʻzbek-Fransuz professional taʼlim kampusini tashkil etish, shuningdek, yurtimizda Oʻzbekiston-Fransiya uchinchi taʼlim forumini oʻtkazish tashabbuslari koʻrib chiqildi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh. Daliyev Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish boʻyicha Bitimning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil muhokama oʻtkazdi.
Shuningdek, vazir Q. Sharipov mamlakatimizda sanoat va texnologik taraqqiyot yoʻlida malakali muhandislar va texnik mutaxassislar tayyorlash muhim vazifa ekanini taʼkidladi. U Oʻzbek-Fransuz professional taʼlim kampusini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini qayd etib, bu masalaga jiddiy yondashish zarurligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida elchi Oreliya Bushez Oʻzbekiston texnikumlari va Fransiya kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidladi. Shuningdek, Fransiya tomoni ushbu tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi hamda ularni amalga oshirishda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi har tomonlama koʻmaklashishga tayyor ekanini bildirdi.



