Asosiy kontentga o'tish

Rasmiy munosabat

2025-01-20 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘laridan hech qanday majburiy foiz undirilmaydi

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining  4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish masalasi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib o‘tamiz.

749

Oxirgi yangilanish: 2025-01-20 21:10:38

Rasmiy munosabat