Vazir o‘rinbosari Qoraqalpoq davlat universitetida qad rostlayotgan talabalar turar joyi bilan tanishdi
2025-01-15 22:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2025-yilda talabalarni turar joyi bilan ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
15-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ushbu yotoqxona qurilish ishlari bilan tanishib, mas’ullarning amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotini tingladi.
Mazkur binoda talaba yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, dam olishi, qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashishi, bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu turar joy qurilishi o‘z navbatida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasini 50% gacha oshiradi.