Sarhisob
2025-01-06 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil davomida kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. Shuningdek, 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasb bo‘yicha o‘qitildi.
2. Kasbiy ta’lim klassifikatori takomillashtirilib, mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lmagan 241 ta kasblar klassifikatordan chiqarildi. 24 ta yangi kasblar qo‘shildi. 12 ta BTEC kvalifikatsiyalari joriy etildi.
3. 418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.
4. 90 ta mutaxassislik bo‘yicha barcha texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etildi. 17 ta kasb bo‘yicha 4 ta davlatning xalqaro ta’lim dasturlari amaliyotga tatbiq etildi.
5. Kasbiy ta’lim tashkilotlarining 12 131 nafar pedagoglari malaka toifasi baholanib, attestatsiyadan o‘tkazildi. Malaka toifasiga ega pedagog kadrlar ulushi 30 foizga yetkazildi.
6. Umumkasbiy va maxsus fanlardan 158 nomda, 138 178 nusxadagi yangi o‘quv qo‘llanmalari nashr etilib, kasbiy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
7. Germaniya xalqaro jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda kasbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan umumta’lim o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 40 ta videorolik hamda 7 ta qo‘llanma yaratildi.
8. Kasbiy ta’lim tashkilotlarining 5 174 nafar pedagog kadr va rahbarlar uchun malaka oshirish kurslari va metodik seminarlar tashkil qilindi. Ushbu kurslarga YUNESKOning “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi, Shveysariya hukumatining “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qo‘llab-quvvatlash”grant loyihasi, Yevropa ta’lim fondining Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlar (DARYA) loyihasidan tajribali mutaxassislar jalb etildi.