Kasbiy ta’lim tashkilotlarining 6 nafar rahbar va pedagog kadrlari Xitoyda bir oylik o‘quv-amaliyot dasturida ishtirok etmoqda
2024-12-05 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Shu munosabat bilan, Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing shahrida joylashgan “Chongqing Three Gorges” tibbiyot kollejida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy tibbiyot almashinuvini rivojlantirish va O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining boshqaruv qobiliyatlarini oshirish maqsadida bir oylik o‘quv-amaliyot dasturi tashkil etilmoqda.
Mazkur bir oylik o‘quv-amaliyot dasturida Respublikamizdagi Jamoat salomatligi texnikumlarining 6 nafar rahbar va pedagog-kadrlari ishtirok etmoqda. O‘quv-amaliyot dasturi davomida “An’anaviy tibbiyot ta’limi va boshqaruvi”, “An’anaviy tibbiyotning chegaralari”, “Axborotlashtirish va boshqarish” va “An’anaviy xitoy tibbiyoti madaniyati (an’anaviy xitoy tabobati) va tibbiyot, sanoat va ta’lim integratsiyasi” yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Malaka oshirish 2024-yil 29-dekabrga qadar davom etadi.