3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni
2024-12-03 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
3-dekabr kuni Toshkent Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1- va 2-son kasb-hunar maktablarida sana munosabati bilan “Mehr-muruvvat insonni ulug‘laydi” mavzusida badiiy-musiqali tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tuman hokimligi, kasbiy ta’lim muassasalariga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek partiyalar vakillari hamda turli tashkilotlardan mehmonlar tashrif buyurishib, o‘quvchilarga o‘zlarining samimiy tilak va sovg‘alarini ulashdi.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijod namunalari ko‘rgazmasi, badiiy chiqish va kuy - qo‘shiqlar barchani qalbini xushnud etdi.
Ma’lumot uchun, bu kabi tadbirlar respublika bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida tashkil etildi.