Hududlarda kasbiy ta’lim muassasalaridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilmoqda
2024-11-27 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari
27-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumi faoliyati hamda uni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan istiqbolli rejalar bilan tanishdi.

Vazir masʼullar hamrohligida oʻquv xonalari, 50 oʻrinli oshxona, 100 oʻrinli yotoqxona, kutubxona, sport zal va qozonxona, ishlab chiqarish ustaxonasini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, hozirda muassasada 6 ta mutaxassislik boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanishi, 20 nafar pedagog 207 nafar oʻquvchiga taʼlim berishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Uchrashuv davomida texnikum hovlisida daraxt ko‘chati ekildi.
Yakunda vazir kuz-qish mavsumini talafotsiz oʻtkazish, oʻquvchilarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni joriy etish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.



