Termiz davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yetarlimi? Sovuq kunlarga tayyorgarlik qay holatda? Oliygoh olimlari qanday loyihalar ustida izlanmoqda?
2024-11-27 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Shuningdek, xalqaro talablarga moslashtirilib rekonstruksiya qilinayotgan o‘yingoh loyihasi bilan tanishdi. Talaba-yoshlar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.
Jarayonda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar kelajagiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar hayotiy misollar bilan keltirildi. Uchrashuvlarda taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi, tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, vazirga universitetda joriy etilgan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) va universitetning “Darband o‘quv amaliyot bazasi”da qurilishi rejalashtirilayotgan 500 kVt Mikro-GES loyihasi taqdimot qilindi.
Viloyatdagi OTM mas’ullari ishtirokida o‘tgan muloqotda pedagoglarni shaffof rag‘batlantiradigan mexanizm sifatida ularni o‘z ustida ishlashga undaydigan elektron jarayonlar xususida batafsil axborot berildi.
Vazir filtrlangan suv qadoqlash hamda quvvati 500 kVt bo‘lgan Mikro-GES qurilish loyihasini respublikamizdagi tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.