Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati samaradorligi bo‘yicha monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumot
2024-09-12 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu buyruqning 5-bandida Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati samaradorligi bo‘yicha monitoring natijalarini har o‘quv yili yakuniga qadar rahbariyatga taqdim etib borish vazifasi belgilangan.
Topshiriqqa muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini monitoring qilish maqsadida ushbu buyruqning 2-ilovasi bilan quyidagi 10 ta indikator ishlab chiqilgan.
1. Talabalarning oliy ta’lim tashkilotini bitirish darajasi (o‘rganish davridagi bitiruvchi kurslar soni olinadi).
Bunda oliy ta’lim tashkilotiga kirgan tegishli kursdagi talabalar sonini ulami bitirgan davrdagi soniga nisbati orqali aniqlanadi.
2. Talabalarning kursdan-kursga o‘tish darajasi (o‘rganish davridagi kurslar olinadi).
Bunda tegishli kursdagi talabalar sonini keyingi kursga o‘tgan talabalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
3. Talabalarning akademik samaradorligi.
Bunda davlat oliy ta’lim tashkilotidagi talabalarning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisobga olinadi.
4. Talabalarning qoniqish darajasi (so‘rovnoma asosida).
Bunda davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalardan vazirlikning survey.hemis.uz veb-sayti orqali oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni sifatini o‘rganish bo‘yicha olingan so‘rovnoma natijalari hisobga olinadi.
5. Bitiruvchilarning ishga layoqatlilik darajasi.
Bunda bitiruvchi talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish foizi inobatga olinadi.
6. Ish beruvchilarning fikr-mulohazalari (so‘rovnoma asosida).
Bunda oliy ta’lim muassasalari bitimvchilaming sifatiga baho berish maqsadida vazirlikning survey.edu.uz veb-sayti orqali ish beruvchilar o‘rtasida olingan so‘rovnoma natijalari hisobga olinadi.
7. O‘quv materiallarini yaratish darajasi.
Bunda oliy ta’lim tashkiloti professor-o‘qituvchilari tomonidan mavjud o‘quv kurslari soniga nisbatan nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari hisobga olinadi.
8. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati.
Bunda oliy ta’lim tashkilotining ilmiy salohiyati inobatga olinadi.
9. O‘quv ustaxonalari hamda laboratoriyalar bilan ta’minlanganlik holati.
Bunda tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi umumiy talabalar soniga o‘quv ustaxonalari hamda laboratoriyalar soni nisbati hisobga olinadi.
10. O‘quv auditoriyalarining axborot-kommunikativ texnologiyalari bilan jihozlanish holati.
Bunda mavjud o‘quv auditoriyalarining proyektor yoki elektron doska bilan ta’minlanish darajasi inobatga olinadi. Yuqoridagi baholash mezonlariga binoan indikatorlarning har biriga maksimal 5 ball, umumiy 10 indikator bo‘yicha maksimal 50 ball (100%) etib belgilangan. Bunda 43 ball (86%) va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan oliy ta’lim tashkiloti “yuqori ta’lim sifatiga ega” (yashil toifa), 30-42 ball (60-85%) “yetarli ta’lim sifatiga ega” (sariq toifa), 30 balldan (60%) past natija-“yaxshilanishni talab etadi” (qizil toifa) tartibida xulosa qilinadi.
Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti tomonidan 109 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifati qayd etilgan buyruqning 2-ilovasida belgilangan 10 ta indikator bo‘yicha tahlil qilindi. Bunda 10 ta indikatordan 8 tasi Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan (HEMISdan) olingan ma’lumotlar hamda 2 ta indikator vazirlikning survey.hemis.uz va survey.edu.uz veb-sayti orqali olingan so‘rovnoma natijalari asosida baholandi.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
41 ta oliy ta’lim muassasasi “yashil” toifa;
62 ta oliy ta’lim muassasasi “sariq” toifa;
6 ta oliy ta’lim muassasasi “qizil” toifaga ajratildi.
