Erasmus+ CBHE dasturining O‘zbekistonda Quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli o‘quv dasturini ishlab chiqish (DEBSEUz) loyihasi amalga oshirilmoqda
2024-11-20 17:15:00 / Vazirlik yangiliklari
17–24-noyabr kunlari ushbu loyiha doirasida Portugaliyaning Evora universitetida loyihaning ikkinchi texnik treningi va uchinchi loyiha boshqaruv uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Loyiha uchrashuvining dastlabki kunida loyiha qatnashchilari, jumladan Evora universiteti rahbariyati va mos universitetlar qatnashchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va bugunga qadar erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumot berilib, ijobiy natijalar e’tirof etildi.
Keyingi kunlarda Yevropa universitetlari olim va mutaxassislari tomonidan belgilangan dastur bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Seminar-treninglar haftaning oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning Yevropa tomoni universitetlari — Evora universiteti, Madrid texnika universiteti va Turin politexnika universiteti malakali professor-o‘qituvchilari va soha yetakchi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.



