Kasbiy ta’lim muassasalari Prezident farmoni asosida kadrlar tayyorlashga qay darajada hozirlik ko‘rmoqda?
2024-11-18 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Ushbu vazifalar ijrosi hamda yangicha tizim asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hozirliklarni joyida borib ko‘rish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatidagi tuman va shahlarda joylashgan 10 ga yaqin kasbiy ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
Joylarda quyi bo‘g‘in mas’ullari bilan bevosita muloqot qilib, kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zarur o‘quv adabiyotlari, uslubiy qo‘llanmalar va raqamli kontentlarni ko‘paytirish, laboratoriya va ustaxonalarni eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash kabi masalalar bo‘yicha ko‘rilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuvlar davomida vazir davlatimiz rahbarining alohida e’tibori bilan kasbiy ta’lim sohasi isloh qilinayotgani, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning yangi tizimi joriy etilayotganini ta’kidlab, ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglaridan reja qilingan topshiriqlarni samarali ijrosini ta’minlashda mas’uliyatlarini oshirishlarini so‘radi.