Navoiy davlat pedagogika instituti kampusi qurilmoqda
2024-10-23 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Institut va quruvchi tashkilot mas’ullari tomonidan jarayonlar haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, institutning yangi kampusi Navoiy shahri, Yoshlik mahallasidagi 19 gektar maydonda qad rostlaydi. 2027-yilga qadar tugallanishi rejalashtirilgan talabalar shaharchasida 12 ming oʻrinli oʻquv binolari, 2 ming 400 oʻrinli talabalar turar joylari, sport inshootlari, amfiteatr, sayilgoh, zamonaviy oʻquv laboratoriyalar, muzey, ilmiy-tadqiqot va kovorking markazlari, kutubxona, ochiq va yopiq tipdagi suzish havzalari va boshqa infratuzilmaga ega zamonaviy binolar quriladi.
Vazir oʻrinbosari ushbu yangi kampus barpo etilishi orqali talabalar, professor-ustozlar uchun qator qulayliklar yaratilishini bildirdi.
Shu bilan birga, S.Buzrukxonov qurilish jarayonida ishchilarning mehnat xavfsizligiga alohida e’tibor berish hamda texnik reglamentlariga qat’iy amal qilish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.






