Özbekistonlik yoş tadqiqotçilar Xitoydagi xalqaro konferensiyada iştirok etdi
2026-11-26 11:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Dunyoning turli mamlakatlaridan qariyb 300 nafar yoş yetakçi, tadbirkor, investor, ekspert, diplomat va xalqaro taşkilotlar vakillarini birlaştirgan anjumanda sun’iy intellekt, texnologik innovatsiyalar, xalqaro savdo, moliya, investitsiyaviy hamkorlik hamda global rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida özbekistonlik yoş mutaxassislar xalqaro muhokamalarda qatnaşib, xorijiy ekspertlar bilan fikr va tajriba almaşdi hamda yangi professional aloqalarni yölga qöydi. Şuningdek, özbekistonlik doktorantlardan biri panel sessiyasida spiker sifatida iştirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma’lumot uçun, 2026-yil sentabr oyida Özbekistonning tört nafar istiqbolli yoş mutaxassisi Xitoy hukumati taşabbusi doirasida Zhejiang University tomonidan taqdim etilgan töliq ta’lim grantlari asosida PhD bosqiçida tahsil olişni boşlagan.
Ular universitet huzurida taşkil etilgan Global rivojlaniş instituti (Institute of Global Development — IGD)ning ilk doktorantlari qatoridan joy olgan. Doktorantlar «Xalqaro munosabatlar va global boşqaruv» (International Affairs and Global Governance) dasturi doirasida davlat boşqaruvi (Public Administration) yönalişida tahsil olmoqda.
Mazkur institutning ilk doktorantura dasturiga dunyoning 14 mamlakatidan jami 25 nafar istiqbolli mutaxassis saralab olingan.
Şuningdek, Zhejiang University 2026-yilgi Şanxay jahon universitetlari akademik reytingi (ARWU) natijalariga köra, dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida 24-örinni egallagan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmonida iqtidorli va istiqbolli mutaxassislarning xorijdagi nufuzli ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida tahsil olişini qöllab-quvvatlaş, yetakçi xorijiy universitetlarda stajirovkalar taşkil etiş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga alohida e’tibor qaratilgan.



