Dual ta’limning Germaniya tajribasi va istiqbollari xalqaro anjumanda muhokama qilindi
2026-11-23 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Özbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari, davlat taşkilotlari hamda işlab çiqariş korxonalari vakillari iştirok etib, dual ta’lim tizimini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.
Xususan, Germaniyada dual ta’limni moliyalaştiriş, korxonalarni rağbatlantiriş mexanizmlari, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, dual oliy ta’limning taşkiliy-huquqiy asoslari, şuningdek, oliy ta’lim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy ekspertlar Germaniyaning ilğor tajribasi, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasi, nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş mexanizmlari yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Anjuman doirasida dual ta’limda kadrlar tayyorlaşning Andijon tajribasini boşqa hududlarda ham joriy etiş masalalari ham muhokama qilindi. Iştirokçilar mazkur modelning afzalliklari, uni hududlarning iqtisodiy salohiyati va mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştiriş hamda ta’lim tashkilotlari bilan işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşdilar.
Taqdimotlardan söng taşkil etilgan savol-javoblar va oçiq muloqotlar davomida xalqaro tajribani Özbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etiş, mavjud muammolarga yeçim topiş hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini belgilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi









