Dual ta’limning Andijon tajribasi joylarda örganildi
2026-11-23 12:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Taşriflar davomida “Kambel” elektrobus korxonasi, “Uz-Tian jiao xong an”, “FAW Truck”, “Sanchuan” suv hisoblagiçlar korxonasi, “Andijon Jinlun” GES, “Longping-Bereke” MÇJ, “Çinobod real biznes” korxonasi hamda “Baxt-Imkon-Rivoji” fermer xöjaligida dual ta’limni taşkil etişning amaliy jihatlari örganildi.
Şuningdek, iştirokçilar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, institut qoşidagi Stomatologiya öquv-amaliy markazi, “Makro City Farm” va “Makro Farm” korxonalarida bölib, mazkur muassasa va korxonalardagi amaliy tayyorgarlik jarayonlari bilan tanişdilar.
Ta’lim yönalişidagi taşriflar “Muslima Bolajon” nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti, Andijon şahridagi 31-maktab, 39-son davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti hamda Yangi Andijondagi 1-umumta’lim maktabida davom etdi. Uşbu muassasalarda dual ta’limni yölga qöyiş va talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlaş tajribasi örganildi.
Mazkur örganişlar nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyğunligini, ta’lim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni bevosita joylarda kuzatiş imkonini berdi. İştirokçilar dual ta’limning turli sohalarda taşkil etilişi bilan tanişib, Andijon tajribasining amaliy mazmuni va kadrlar tayyorlaşdagi örni haqida tasavvurga ega böldilar.









